O‘zbekistonda hozirda qurilayotgan gaz-bug‘ turbinali stansiyalarda quyosh issiqligidan unumli foydalaniladi 

Iqtisodiyot 18:28 / 11.08.2016 6863

1-6 avgust kunlari Toshkentdagi Fizika-Texnika institutda Germaniya Federativ Respublikasining Fan va Ta'lim vazirligi tarafidan moliyalashtirilgan “O‘zbekistonda Quyosh energiyasi tadqiqoti” loyihasi ishtirokchilari uchrashishdi. Mazkur loyiha asosida ushbu uchinchi uchrashuv yakuniy uchrashuv bo‘lib, 2 yillikka mo‘ljallangan loyiha natijalari bilan tomonlar tanishishdi. Mazkur loyihada Germaniyaning Nemis Aerokosmik tadqiqotlar markazining Quyosh issiqlik stansiyalar bo‘limi va Drezden Texnika Universitetining Issiqlik Elektr Stantsiyalari bo‘limi hamda O‘zbekiston tarafidan O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Materialshunoslik instituti, Fizika-Quyosh ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi, shuningdek, “O‘zbekenergo” DAK qarashli Sirdaryo Issiqlik elektr stansiyasi tadqiqot obekti sifatida ishtirok etishdi.

Uchrashuv jarayonida loyiha rahbari Doktor Yurgen Dersh Nemis aerokosmik markazining quyosh energiyasi sohasida qanday ilmiy amaliy ishlar olib borilayotgani haqida batafsil ma'lumotlarni taqdim etdi. Chunonchi, O‘zbekiston-Germaniya o‘rtasidagi amaldagi loyiha markaz uchun keyingi loyihalarga muhim omil bo‘lib xizmat qilishini ta'kidlab o‘tdi.

Drezden Texnika Universiteti tomonidan Professor Uve Gampe o‘z taqdimotida O‘zbekistonda hozirda qurilayotgan gaz-bug‘ turbinali stansiyalarda quyosh issiqligidan unumli foydalanishning eng ilg‘or texnologiyalari haqida ma'lumot berib, bu sohada O‘zbekiston bilan keng miqyosda ish olib borishga tayorligini aytdi.

Loyiha maqsadi Sirdaryo IESida quyosh issiqligidan foydalanib, ikki ko‘rinishdagi foyda ko‘zda tutilgan. Birinchisi, quyosh issiqligi yordamida yana ko‘proq elektr energiya ishlab chiqarish hamda ikkinchi maqsad quyosh issiqligini joriy qilish hisobiga elektr energiya ishlab chiqarish uchun yoqilayotgan yoqilg‘i miqdorini kamaytirish va tejashdir. Loyihaning ushbu qismi Drezden Texnika Universitetiga yuklatilgan bo‘lib, u yerdagi yosh o‘zbek olimlari tomonidan yillik hisob-kitoblar ishlab chiqilib, natijalar seminar ishtirokchilariga havola etildi.

Loyiha menejyeri Ravshan Xo‘janov

Ko‘proq yangiliklar: