O‘zbekistonning barcha banklari xorijiy sarmoyadorlarga o‘z hissasini sotadi

Iqtisodiyot 14:00 / 10.08.2016 11636

O‘zbekistonning barcha tijorat banklari xalqaro moliya institutlari bilan nizom jamg‘armasining kamida 15 foiz ulushini sotish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda, deb xabar qilgan Markaziy bank matbuot xizmati. 

«Aytish mumkinki, ushbu jarayon banklarni xususiylashtirishning navbatdagi bosqichidir. Bu yaqin kelajakda, banklar boshqaruvi va xizmat ko‘rsatish madaniyatining sifatini yaxshilash imkonini beradi», – deyiladi xabarda. 

Ta'kidlanishicha, xalqaro ekspertlar guruhi bank nazorati va boshqaruvi faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari bilan shug‘ullanish, bank sohasida erishilgan natijalarni real, har tomonlama va chuqur tahlil qilish, asosiy ko‘rsatkichlar o‘sishi va likvidlikni ta'minlash borasidagi harakatlarni yuqori baholagan. 

Buni bir necha yillar davomida xalqaro reyting agentliklari tomonidan respublikadagi barcha tijorat banklariga «barqaror» baho berilishi ham isbotlaydi.

Ko‘proq yangiliklar: