Nukusda joriy yil shu davriga qadar 43 ming tonnadan ziyod meva-sabzavot, poliz mahsulotlari yetishtirildi

Iqtisodiyot 18:37 / 10.08.2016 6309

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumanida aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, ichki bozorni qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan uzluksiz ta'minlash, ularni qayta ishlash va eksport qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan maxsus dastur asosida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Dasturga muvofiq tumanda 3 ming 431 gektar maydonda 76 ming 293 tonna poliz va sabzavot mahsulotlari yetishtirish ko‘zda tutilgan. 

Tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limidan olingan ma'lumotlarga ko‘ra, shu kunga qadar 43 ming tonnadan ziyod meva-sabzavot, poliz mahsulotlari yetishtirilib, qayta ishlash korxonalariga 632 tonna, Nukus shahri bozorlariga 297 tonna, ta'lim va tibbiyot muassasalariga 275 tonna,  eksportga 2 ming 773 tonna jo‘natildi. 

Sog‘lom ona va bola yilida ko‘zlangan marralarni birin-ketin zabt etayotgan tuman sohibkorlari Vatanimiz mustaqilligining 25 yillik bayramiga qizg‘in taraddud ko‘rmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: