Janubiy Koreyada konditsionerlarni tejamkorlik bilan ishlatmaydigan biznesmenlar jarimaga tortiladi

Iqtisodiyot 18:02 / 09.08.2016 5306

Koreya Respublikasi hukumati milliy energiya xarajatlarini qisqartirish maqsadida konditsionerlardan tejamkorsiz foydalangan tijoriy tashkilotlarni jarimaga tortadigan bo‘ldi. 

Mahalliy OAVning ma'lum qilishicha, havo sovitish tizimi ishlayotgan do‘kon yoki restoranning eshigi ochiq holatda qoldirilsa, joy egasi jarimaga tortiladigan bo‘ldi. Jarima miqdori 500 mingdan (450 dollar atrofida) 3 mln vongacha (2,7 ming dollar).

"Mazkur choralar bugundan kuchga kirdi", - deb jurnalistlarga ma'lum qilgan mamlakat savdo,sanoat va energetika vaziri Che Xi Bon.

Ko‘proq yangiliklar: