Fransiyadagi Cube Libre barida yong‘in chiqdi. Unga bayram torti ustiga qo‘yilgan sham sabab bo‘lgan. Bu haqda Le Fugaro xabar bermoqda.
Manbada aytilishicha, bayram tortini olib kelayotgan ofitsiant yiqilib tushgan va sham polga qulab, yong‘in boshlangan.
Avvalroq bardagi yong‘in sabab 13 kishi halok bo‘lgani xabar qilingan edi.