Belgiyaning Sharlerua shahrida noma'lum kimsa machete bilan ikki politsiyachini yaraladi. Shundan keyin politsiya bosqinchiga o‘q uzgan, deb ma'lum qilindi politsiyada.
"Ikki politsiyachi politsiya boshqarmasi yonida bir kimsa tomonidan machete bilan yaralangan. Bosqinchining o‘zi ham yaralangan, biroq tirik", deb ma'lum qilindi shahar politsiyasi tvitterida.
Belgiyaning Soir nashri ma'lumotlariga ko‘ra, ayol politsiyachi yuzidan chuqur jarohatlar olgan. Uning hamkasbi yengil yaralangan.
Uchinchi politsiyachi tomonidan otib yaralangan jinoyatchi og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan.