Janubiy Koreyada 24 iyuldan 3 avgustgacha bo‘lgan davr ichida anomal issiqlikdan kamida 7 kishi vafot etdi. Bu haqda Koreyaning kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi ma'lum qildi.
"7 kishi vafot etdi, issiq urishdan jabrlangan 411 kishiga tibbiy yordam ko‘rsatildi", deyilmoqda xabarda. Hammasi bo‘lib joriy yilda issiqlikdan 909 kishi jabr ko‘rgan. O‘tgan yili bu ko‘rsatkich 705 kishini tashkil qilgandi.
Seulda soyadagi havo harorati Tselsiy bo‘yicha 36 gradusga, boshqa bir qatorlarda 37 gradusga yetdi. Taxmin qilinishicha, bu hududlarda harorat bir necha kun davomida 35 gradusdan pastga tushmaydi. Janubiy Koreyaning aksariyat hududida hattoki tungi vaqtlar ham yengillik keltirmayapti – kunning tungi qismida harorat 18 kundan beri 25 gradusdan pastga tushmayapti.
Bu orada ob-havo mutaxassislari mamlakatda yanada issiqroq bo‘lishi mumkinligini prognoz qilishmoqda, Xitoy va Rossiyadan issiq havo oqimi kelishi kutilmoqda.
Shu munosabat bilan shifokorlar soat 11 dan 14 gacha ko‘chaga chiqmaslikni, tez-tez yuvinib turishni va ko‘proq sovuq suv ichishni tavsiya qilishmoqda. Shuningdek, spirtli ichimliklar va tarkibida kofein moddasi bo‘lgan ichimliklarni iste'mol qilmaslik ham tavsiya qilinmoqda.