Angliyaning "Vest Bromvich Albion" klubi direktorlari kengashi jamoani xitoyliklarning investitsion kompaniyasiga sotilganini tasdiqlashdi. Bu haqda jamoaning rasmiy saytida ma'lum qilindi.
Endilikda klubning yangi egasi tadbirkor Lay Gouchaun rahbarligidagi Yunyi Guokai (Shanghai) Sports Development Limited kompaniyasi hisoblanadi.
14 yildan buyon klub tizimida faoliyat ko‘rsatib kelgan Jyeremi Pis jamoa aksiyalarining 88 foizi xitoyliklar qo‘liga o‘tgani haqida ma'lum qilgan.
Pis klubda maslahatchi sifatida qolgan. Direktorlar kengashi raisi sifatida Jon Uilyams tayinlangan. U bungacha «Blekbern»da ishlab kelayotgandi.
Jamoa o‘tgan mavsumda APL turnir jadvalida 14-o‘rinni egallagandi.
Ma'lumot uchun, shu yil yozida "Aston Villa" va "Vulverhempton" klublari ham xitoyliklar qo‘liga o‘tgandi.
Manba: Tribuna.uz