Turkiyaning Rossiyadagi elchisi Umit Yardim RIA «Novosti» agentligiga bergan intervyusida aytishicha, Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin hamda Rajab Toyyib Erdo‘g‘an o‘zaro uchrashuvida munosabatlarni rivojlantirishning «yo‘l xaritasi»ni tuzib olishadi.
«Dastlab, yakkama-yakka uchrashuv, so‘ngra delegatsiyalar o‘rtasidagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi», — deb aniqlik kiritgan elchi.
Diplomatning qayd etishicha, «bu tarixiy uchrashuvdir».
«Biz bir oydan beri bunga tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz», — deb izohlagan Umit Yardim.
Putin va Erdo‘g‘anning uchrashuvi 9-avgust kuni Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadi.