Rossiyada yil boshidan 1,4 mln gektar o‘rmon yonib bitdi

Jahon 21:54 / 05.08.2016 5589

Rossiyada 2016 yil boshidan 1,4 mln gektar o‘rmon yonib bitdi, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 37 foiz kamroqni tashkil qiladi. Bu haqda Rosselxoz saytida ma'lum qilindi. 

Rosselxoz rahbari Ivan Valentik yil boshidan Rossiyada 1,4 mln gektar maydonda deyarli 8,5 mingta o‘rmon yong‘ini qayd qilinganini ma'lum qildi. Yong‘inlar miqdori o‘tgan yildagidan 14 foizga kamroqni tashkil qilgan.

"Yuzaga kelgan vaziyatda yong‘inlarga asosiy sabab nafaqat inson omili, balki ma'muriy omil hamdir. Boshqacha aytganda, yong‘inlargan sabab Rossiya Federatsiyasi sub'yektlarining ijrochi hokimiyati organlari ishining sifatidir", deb aytdi Valentik.

Valentikning aytishicha, yuqori yong‘in xavfsizligi sharoitida "rejada ko‘zda tutilgan barcha kuchlar va vositalarni jalb qilish bo‘yicha tezkorlik va aniqlik talab qilinadi, bu esa amalda yuz bermayapti".

Ko‘proq yangiliklar: