Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyib Erdo‘g‘an 9 avgustdagi uchrashuvda "Akkuyu" AESi, "Turk oqimi" gaz quvuri loyihalarining amalga oshirilishi hamda turk qurilish kompaniyalarining Rossiya bozorida ishlashini muhokama qiladilar. Bu haqda Putin yordamchisi Yuriy Ushakov ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Ushakovning aytishicha, tomonlar yirik loyihalardan tashqari, To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar Rossiya jamg‘armasi ishtirokidagi qo‘shma loyihalarni muhokama qilishadi. Ushakovning ta'kidlashicha, iqtisodiy mavzular uchrashuvdagi eng muhim mavzulardan bo‘ladi.
"Tegishli vazirlik va boshqarmalarga savdodagi mavjud to‘siqlarni yengib o‘tishga imkon beruvchi ikki tomonlama hujjatlar loyihalari ustida ishni qayta boshlash bo‘yicha topshiriqlar beriladi", deb aytdi Ushakov.
Avvalroq Putin va Erdo‘g‘an turk mahsulotlarining Rossiya bozoriga qaytishini muhokama qilishlari ma'lum qilingandi.