RFning Eronga taqdim etayotgan 2,2 mlrd yevrolik davlat kreditlari Islom respublikasida issiqlik elektr stansiyasini barpo etish va mamlakat shimoli-sharqidagi temir yo‘llarni elektrlashtirishga yo‘naltiriladi, deb ma'lum qilgan Rossiya davlat rahbari Vladimir Putin.
"Neft-gaz, aviakosmik va elektr energetikasi sohalarida yirik qo‘shma loyihalar ishlab chiqilmoqda. Shunga muvofiq, Rossiya Eronga 2,2 mlrd yevrolik davlat kreditini taqdim etmoqchi. Bu mablag‘lar, Fors ko‘rfazi sohilidagi Bandar-Abbos shahridagi IES qurilishini moliyalashtirish hamda mamlakat shimoli-sharqidagi Garmsar — Inche-Burun temir yo‘l uchastkasini elektrlashtirishga sarf etiladi", — degan Putin, Ozarbayjon, Eron va Rossiya davlat rahbarlarining Bokudagi uchrashuvi arafasida Ozarbayjon davlat axborot agentligi AzerTAjga bergan intervyusida.
Avvalroq, RF energetika vaziri Aleksandr Novak ma'lum qilganidek, Rossiya va Eron 70 loyihani o‘z ichiga olgan sanoat sohasida hamkorlik qilishga oid "yo‘l xarita"sini imzolashini ma'lum qilgan edi.