Olimpiadalar tarixidan: O‘zbekistonning avvalgi turnirlardagi bayroqdorlari kimlar bo‘lgan?

Sport 21:10 / 05.08.2016 13662

Sport.uz sayti Rio-de-Janeyro olimpiadasi arafasida O‘zbekiston terma jamoasining avvalgi turnirlardagi bayroqdorlarini esladi

1996 yil, Temur Ibragimov 

Yozgi Olimpiya o‘yinlarida bayroqdor bo‘lishdek sharafli vazifani aynan Temur Ibragimov boshlab bergan. Atlantada o‘tgan Olimpiadada Temur Ibragimov O‘zbekiston delegatsiyasini boshlab chiqqandi. 

2000 yil, Muhammadqodir Abdullayev

Andijonlik bokschi Sidney Olimpiadasining haqiqiy yetakchisi bo‘lgandi. Aynan u “yashil qit'a”da O‘zbekiston terma jamoasiga Olimpiada tarixidagi birinchi oltin medalni olib kelgan. Yana bir qiziq ma'lumot: bayroqdor bo‘lgan sportchilar orasida faqatgina Muhammadqodir Abdullayev Olimpiadada oltin medal olgan. 

2004 yil, Abdulla Tangriyev 

Abdulla polvon 2004 yili Olimpiada vatani Gretsiyada o‘tgan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a'zolarini stadionga boshlab chiqqan. Aynan ushbu musobaqada terma jamoamiz 2ta oltin medalga sazovor bo‘lgandi. 

2008 yil, Dilshod Mahmudov 

Pekin Olimpiadasidan so‘ng bokschilar bayroqdor bo‘lish estafetasini o‘z zimmasiga olishgan. Mahoratli bokschi Dilshod Mahmudov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Pekin Olimpiadasining ochilish marosimida “Qush uyasi” stadioniga chiqib kelgan. 

2012 yil, Elshod Rasulov 

Bundan 4 yil muqaddam Angliya poytaxti London shahrida o‘tkazilgan 4 yillikning eng nufuzli musobaqasida qo‘qonlik bokschi Elshod Rasulov XXX yozgi Olimpiya o‘yinlarida bayroqdorlik qilgandi. Bu yilgi musobaqada ham u ishtirok etmoqda. 

2016 yil, Bahodir Jalolov

Ilk bor Janubiy Amerikada o‘tkazilayotgan Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida bokschi Bahodir Jalolov yurt bayrog‘ini ko‘tarib chiqadi.

Ko‘proq yangiliklar: