Oliy Majlis Senatining oltinchi yalpi majlisi 2016 yilning 24-25 avgust kunlari chaqiriladi

O‘zbekiston 20:43 / 05.08.2016 9448

2016 yil 5 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
  
Kengash O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oltinchi yalpi majlisini joriy yilning 24-25 avgust kunlari Toshkent shahrida chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Senatorlar O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 25 yilligi arafasida o‘tkazilayotgan Oliy Majlis Senati yalpi majlisining kun tartibiga Oliy Majlis Senatining o‘tgan davrdagi faoliyati yakunlariga va kelgusi yildagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan ma'ruzaning kiritilishi muhim ekanligini alohida qayd etdilar. 

Senatning yalpi majlisida “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi, “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi, “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi (yangi tahriri), “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) va boshqa qonunlar ko‘rib chiqildi.

Majlisda Oliy Majlis Senati Kengashining vakolatiga kiradigan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Barcha muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: