Obama: Eronga to‘langan 400 mln dollar mahbuslar uchun garov puli bo‘lmagan

Jahon 09:53 / 05.08.2016 4981

AQSh prezidenti Barak Obama Eronga to‘langan 400 mln dollar mahbuslarni ozod qilish bilan bog‘liq bo‘lmaganini aytdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi. 

Obamaning ta'kidlashicha, AQSh garovda ushlab turilganlar uchun pul bermaydi.

"Biz bu to‘lov haqida yanvarda, bir necha oy oldin ma'lum qilgandik. Bu sir bo‘lmagan. Bu foyda olish maqsadida ko‘zlangan narsa bo‘lmagan", deb ta'kidlab o‘tdi Obama.

3 avgustda The Wall Street Journal nashri AQSh prezidenti ma'muriyati joriy yil boshida Eronga 4 nafar AQSh fuqarosini mahbuslikdan ozod qilish uchun 400 mln dollar naqd pul bo‘lgan samolyotni maxfiy ravishda yuborganini ma'lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: