Rio-de-Janeyroda o‘tayotgan Olimpiada o‘yinlarida qatnashayotgan gimnastika bo‘yicha AQSh ayollar terma jamoasining har bir a'zosi kostyumi 1200 dollar qiymatga ega. Bu haqda The New York Times nashri yozmoqda.
Har bir kostyumda 5 mingta Swarovski billuri qadalgan. Taqqoslash uchun: 2008 yilda o‘tgan O‘yinlarda ular soni 184 ta, 2012 yilgi O‘yinlar vaqtida esa 1188 ta bo‘lgan.