Isroilning Intsights kompaniyasi mutaxassislari, IShID terrorchi guruhi jangarilariga tegishli forumni buzib, ularning hujum qilish rejalarini fosh etishdi, deb xabar qilmoqda Haaretz gazetasi.
Forum Telegram mesenjyeri negizida tashkil etilgan. Ammo, xakerlar uni buzishning qanday qilib uddasidan chiqqaniga Intsights kompaniyasi izoh bermagan.
"Aslida, Telegram to‘liq shifrlangani bois, biron kishi sizning xabaringizni olib, uni tushunishining imkoni yo‘q", — degan Intsights asoschilaridan biri Alon Arvats mahalliy telekanal efirida.
Nashrning ma'lumotlariga ko‘ra, jangarilar forumda AQShning Kuvayt, Bahrayn va Saudiya Arabistonidagi harbiy bazalariga hujum qilish rejalarini muhokama etishgan.