Sport gimnastikasi bo‘yicha O‘zbekiston sharafini himoya qiluvchi Oksana Chusovitina Rio–2016 Olimpiada o‘yinlaridan keyin professional faoliyatini yakunlaydi.
"Men bu sportni sevaman. Menga hozir ham mashg‘ulotlar o‘tkazish va turnirlarda ishtirok etish yoqadi. Mening asosiy maqsadim bu gal ham finalga yo‘l olish. Menimcha, Rio-de-Janeyrodagi o‘yinlardan keyin professional kareramni yakunlayman", deya yettinchi marta olimpiadag yo‘llanma olgan 41 yoshli Chusovitinaning so‘zlarini keltiradi Sinxua agentligi.
Chusovitina 6 marta Olimpiadada ishtirok etgan yagona sportchi hisoblanadi. U Barselona olimpiadasi (1992) vaqtida jamoaviy turnirda ishtirok etib chempion bo‘lgandi. Bundan tashqari, Chusovitina Germaniya nomidan ishtirok etib, 2008 yilgi Pekin olimpiadasida kumush medal olgan.