OAV: Apple o‘z mahsulotlarida kamchilik topgan xakerlarga 200 ming dollargacha mukofot beradi

Fan-texnika 11:56 / 05.08.2016 5937

Amerikaning Apple korporatsiyasi yaqin orada xakerlar va kompyuter dasturchilariga 200 ming AQSh dollarigacha miqdorda mukofot puli berishini e'lon qiladi. Buning uchun ular, korporatsiya tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy ta'minotlarning nuqsoni va kamchiligini topishi hamda bu haqda korporatsiyaga ma'lum qilishi darkor, deb xabar qilmoqda Associated Press agentligi. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, tez orada ushbu dastur ishga tushirilishi haqida Apple vakillari shu kunlarda Las-Vegasda bo‘lib o‘tayotgan kompyuter texnologiyalari sohasidagi xavfsizlikka oid anjuman doirasida ma'lum qilishgan. Shu bilan korporatsiya Google va Facebook kabi o‘z tizimlaridagi nuqsonlarni topganlarga pul mukofoti beruvchi kompaniyalar safiga qo‘shiladi.
 
Shu bilan birga, AR agentligining ma'lum qilishicha, dastlab Apple o‘z dasturini avval ham hamkorlik qilgan xakerlar va kompyuter mutaxassislariga joriy qiladi. Ammo, keyinchalik dastur kengaytirilishi mumkin. 

1976-yili asos solingan Apple korporatsiyasi iPhone smartfonlari, iPad planshet kopyuterlari, iPod musiqiy pleyerlari, iMac noutbuk va stol kompyuterlari hamda boshqa texnikalarni ishlab chiqaradi. U, dunyoning eng yirik korpoatsiyalaridan biri bo‘lib, uning bozor kapitallashuvi 530 mlrd dollardan oshib ketadi.

Ko‘proq yangiliklar: