Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev rasmiy tashrif bilan Anqaraga yetib bordi. Bu haqida prezident saytida ma'lum qilingan.
«Davlat rahbari Anqaraga yetib bordi. Tashrif davomida Turkiya prezidenti Erdo‘g‘an bilan muzokara o‘tkaziladi», — deyiladi xabarda.
«Ixlos» agentligi ta'kidlashicha, Turkiya 15 iyul kungi davlat to‘ntarishiga urinishdan keyin birinchi marta chet el yetakchisini qabul qildi.
Bundan oldingi xabarlarda Nazarboyev Erdo‘g‘an bilan muzokaralar olib borib, hamkorlik strategiyasini kengaytirish masalalari va Turk tilli davlatlar hamkorlik kengashi faoliyatini muhokama qiladi. Kun tartibidan ikki tomonlama mavzulardan tashqari, Suriyadagi vaziyat va terrorizmga qarshi kurash ham o‘rin olgan.