Qodirovning fondi suriyalik qochqinlarga yordam beradi

Jahon 20:37 / 05.08.2016 5735

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Suriyadagi IShID qo‘lidan ozod etilgan shaharlar aholisiga yordam qilishni va'da berdi. U yaqin vaqtlar chiqida qochoqlar uchun tibbiy markaz ochishni rejalashtirgan. Bu markaz 38 kishiga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, u o‘zining instagramdagi sahifasida yozishicha, Suriyada jangarilar bosib olgan shaharlarni tark etishga majbur bo‘lgan talabalarga Rossiya qahramoni Ahmad xoji Qodirov nomidagi fond tomonidan yordam ko‘rsatiladi.

Qodirov shuningdek Halab shahri jangarilar vayron qilishidan oldin madaniyat o‘choqlaridan biri bo‘lganini eslab o‘tgan.

"Endi shahar xarobaga aylandi, shahar aholisida esa yegulik yo‘q. Halok bo‘lganlarning hisobi yo‘q", deydi Qodirov.

Ko‘proq yangiliklar: