Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev terrorchilik va ekstremizm uchun jazolanganlar fuqarolikdan mahrum etilishi ko‘zda tutilgan qonunni imzoladi. Bu haqda prezidentning matbuot xizmati ma'lum qildi.
Uning ma'lumotlariga ko‘ra, Atambayev "Qirg‘iziston Respublikasining terrorchilik va ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi ba'zi qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi.
O‘zgartirishlar Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga, Jinoyat va jinoyat-protsessual kodekslariga, "Terrorchilikka qarshi kurashish to‘g‘risida"gi, "Ekstremistik faoliyatga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi, "Qirg‘iziston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida"gi va "Davlat pensiya ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida"gi qonunlarga kiritiladi.
Qonun rasman chop etilgandan keyin 10 kundan keyin kuchga kiradi.