Qirg‘izistonda harbiy kafedralar yopildi. Mazkur qarorni Almazbek Atambayev imzolaganini prezidentning matbuot xizmatiga tayanib, sputnik.kg bildirdi. Qonun 30 iyun kuni qabul qilingan.
Bundan keyin tibbiy akademiyadagina harbiy kafedra faoliyat olib boradi.
Harbiy kafedralar yopilgandan keyin muqobil xizmat qilish amalga oshiriladi. Unda askarlar ikki kategoriya bo‘yicha xizmat qila olishadi.
Birinchisida, 25 ming som to‘lab, harbiy guvohnomaga ega bo‘lishadi, biroq xuquqni himoya qilish organlarida ishlay olishmaydi. Ikkinchi kategoriya bo‘yicha xizmat qilganlar 50 ming som to‘lab, bir oy mashg‘ulotdan o‘tishadi. Bular kelajakda kuch tizimlarida ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Manba: yntymak.kg