Indoneziya politsiyasi Singapurda terakt sodir etmoqchi bo‘lgan jangarilarni qo‘lga oldi

Jahon 15:18 / 05.08.2016 3509

Indoneziya politsiyasi Singapurda teraktlar sodir etishni rejalashtirganlikda gumon qilib 6 kishini qo‘lga oldi.

Mahalliy nashrlarda bu shaxslar Batam orolida harakatlanuvchi KGR (Katibah GR) guruhi a'zolari ekani aytilgan.

Huquq tartibot organlari xodimlari qo‘lga olinganlarning bundan oldin IShID saflarida jang qilib kelgan jangarilar ekanligini aytishgan. Politsiya tomonidan bildirilishicha, bu shaxslar indoneziyaliklarni IShID safiga yollab, Turkiya orqali Suriyaga jo‘natish bilan shug‘ullanib kelishgan.

Ko‘proq yangiliklar: