Hindistonlik qutqaruvchilar mamlakat g‘arbida ko‘prik qulashi tufayli bedarak ketganlardan 13 nafarining jasadini topishdi. Bu haqda fojia sodir bo‘lgan shtat – Maxarashtra bosh vaziri Devendra Fadnavis ma'lum qilgan.
"Suvdan 13 kishining jasadi olib chiqilgan. Murdalarning ko‘pi yuzlab chaqirim uzoqlikkacha oqib ketgan. Qidiruv ishlari davom ettiriladi", - dedi vazir.
2 avgust kuni kechqurun kuchli yomg‘ir yog‘ishi sabab ko‘prik qulagan va unda harakatlanayotgan transport vositalari suvga tushib ketishi tufayli 42 kishi izsiz g‘oyib bo‘lgandi.
Hukumat halok bo‘lgan va izsiz yo‘qolganlarning oila a'zolariga moddiy yordam ko‘rsatishini ma'lum qilgan.