Hindistonning shimoli-sharqida Assam shtatida noma'lum shaxslar tomonidan o‘t ochilishi oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi va 30ga yaqin kishi jarohatlandi. Bu haqda India Today xabar tarqatdi.
Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, bu hodisa shtat markazi Guvaxati shahridan 220 km masofada joylashgan Kokradjxar shahridagi bozor hududida ro‘y bergan.
Guvohlarning aytishicha, qora kiyimga burkangan 3 yoki 4 kishi chor atrofga o‘t sochgan va granata uloqtirishgan.
Ayni vaqtda politsiya ushbu jinoyatchini qidirmoqda va hodisa sabablarini o‘rganmoqda.
Hozircha bu hujum uchun javobgarlikni hech qaysi tashkilot o‘z zimmasiga olmadi.
Shtat politsiyasi Mukesh Saxay telekanal efirida aytishicha, politsiyachilar hududga kirib kelgan ayirmachilar haqida ma'lumot olgach, ularning ba'zilarini bartaraf etgan, qolgan qismini qidirayotgandi.