Turkiya hukumati tomonidan mamlakatdagi harbiy to‘ntarishni uyushtirganlikda ayblanayotgan Fathulloh Gulenning advokatlari mijozlarining hayotidan xavotirda ekanligini ma'lum qildi. Bu haqda Vashingtondagi matbuot anjumanida ta'kidlangan.
Anjumanda Gulenning advokatlari unga hujum uyushtirilishidan cho‘chishayotganini aytgan. Advokatlarning ma'lum qilishicha, Gulen hozircha Pensilvaniyadagi qarorgohida qoladi.
Avvalroq Turkiya yana bir bor AQSh hukumatiga Gulenni qaytarish bo‘yicha order yuborgan, lekin rad javobini olgan edi.