«Biz ko‘plab klikbeyt sarlavhalarda qo‘llaniladigan so‘z va iboralarni kuzatish tizimini ishlab chiqdik. Bu elektron maktublardagi spam-filtrlarga o‘xshab ketadi», — degan kompaniya vakillari.
Facebook maqolaning mazmunini anglash mumkin bo‘lmagan sarlavhani yoki o‘quvchini chalg‘itishga olib keluvchi iboralarni klikbeytli deb hisoblaydi. Shunga ko‘ra, klikbeyt sarlavhalarni qo‘llaydigan saytlarning yangiliklari foydalanuvchilarning tasmalarida kamroq ko‘rsatiladi.
Avval ham, Facebook yangiliklar tasmasidagi klikbeytli sarlavhaga ega yangiliklardan qutilishga urinib ko‘rgan edi. O‘shanda, kompaniya foydalanuvchilar qisqa vaqtda chiqib ketgan saytlarning yangiliklarini tasmada ko‘rsatmay qo‘ygandi.