Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning ma'lum qilishicha, AQSh Davlat kotibi Jon Kerri 21 avgust kuni mamlakatga tashrif buyuradi.
«Menimcha, AQSh Davlat kotibi 21 avgust kuni keladi», deya Erdo‘g‘anning mahalliy nashrlarga bergan bayonotida iqtibos keltirgan TASS .
Hozircha AQSh Davlat departamenti Kerrining safari haqidagi ma'lumotni tasdiqlamagan.
Bundan avvalroq CNN Turk telekanali Kerri avgust oyi oxirida Turkiyaga tashrif buyurishi haqida ma'lum qilgandi.