Eduard Uspenskiy va «Odnoklassniki» o‘zaro hamkorlikda «Prostokvashino»ning davomini ishlashdi

Jamiyat 16:33 / 05.08.2016 9449

Cheburashka va Gena ismli timsoh, Fyodor amaki va Matroskin ismli mushuk haqidagi ertaklar muallifi Eduard Uspenskiy “Prostokvashino”ning davomini yozdi. Yangi hikoya “Prostokvashino. Pochta uchun jang” deb nomlanadi. Uning qahramonlari rasmlarini esa “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘i rassomlari ishlashdi. Hikoya dastlab “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘ida chop etiladi va u yerda bir necha oy davomida rasmli postlar sifatida qismlarga bo‘lingan holda chop etib boriladi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari nafaqat birinchilar qatorida yangi hikoya bilan tanishish fursatini, balki ertak yakuniga bevosita  ta'sir ko‘rsatish imkonini qo‘lga kiritishadi. Ushbu onlayn-hikoya rasmlarga boy interfaol kitobga aylanishi kutilmokda va uni https://ok.ru/prostokvashino guruhida topish mumkin bo‘ladi.
“Odnoklassniki” mazkur loyihani qo‘llab-quvvatlash doirasida maxsus sovg‘alar, Matroskin, Fyodor amaki va boshqa qahramonlar aks ettirilgan stikerlar yaratadi. Bundan tashqari, Eduard Uspenskiyning «OK aloqada» ko‘rsatuvi va OK Live ilovasi orqali o‘quvchilar bilan suhbat qurishi ko‘zda tutilgan.

Ko‘proq yangiliklar: