Kiyevning «Dinamo» klubi yangi mavsum uchun formalarini namoyish qildi.
Kiyevliklar noodatiy dizayndan foydalanishga qaror qilishdi.
«Dinamo» muxlislarining talablariga binoan, Adidas tayyorlagan formada an'anaviy ukrain kashtachiligi elementi ham bo‘ladi.
«Yangi ekipirovka ishlab chiqishda dizaynerlar ko‘p sonli muxlislarning ukrain milliy elementi va madaniy timsollar bo‘lishi haqidagi istaklarini inobatga olishdi», - deyiladi klub rasmiy sayti matbuot-relizida.
Kiyevliklarning safar uchrashuvlari uchun libosi o‘zgarmagan.
Manba: Tribuna.uz