5 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida "Milliy tiklanish" fraksiyasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vaziri Bahodir Ahmedovning “O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy meros obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi” bo‘yicha parlament eshituvi o‘tkazildi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasining “Parlament nazorati” to‘g‘risidagi Qonunida belgilangan vakolatlardan kelib chiqqan holda tashkillashtirildi.
Ma'lum qilinishicha, O‘zbekiston prezidenti tashabbusi bilan mamlakatda madaniy meros obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasida izchil ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda madaniy merosni muhofaza qilishga, ularni original ko‘rinishda saqlab qolishga hamda insoniyatning umumiy madaniy merosi bilan uyg‘unlashtirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.