Avstraliyalik olimlar va san'atshunoslar fransuz rassomi Edgar Deganing “Ayol portreti” kartinasi bo‘yoqlari ostida yashirin tasvirni topishdi. Tadqiqot haqida Scientific Reports jurnalida ma'lumot berilgan.
Taxmin qilinishicha, bu tarh – musavvirning Emma Dobini portretini yaratishga uringanligidan dalolat. Olimlarning fikricha, Dega uni model quloqlarining noproporsional tasvirlanganligi tufayli yashirishga qaror qilgan.
Yashirin tasvir rentgenofluoressent tahlil orqali aniqlangan. Modelning aniq konturlarini ko‘rishga muvaffaq bo‘lindi, biroq qo‘llangan usul yashirin tasvirning rangini aniqlashga imkon bermadi.
San'atshunoslar “Ayol portreti” ostida yashirin tarhning mavjudligini 1922 yildan beri taxmin qilishardi. O‘shanda birinchi marta polotnoda uning xira konturlari paydo bo‘la boshlagandi.
Dega impressionizm klassiklaridan biri hisoblanadi. Rassomga italyan klassiklarning ishlari katta ta'sir ko‘rsatgan. Dega kartinalarining sevimli motivlaridan biri kutilmagan vaziyatlarda aks ettirilgan ayollar bo‘lgan.