Daniya Harbiy havo kuchlari samolyotlari Suriyada IShID pozitsiyalariga zarba berdi. Bu haqda daniyalik harbiylarga asoslangan holda Reyter agentligi xabar berdi.
Xabar qilinishicha, Daniya tomoni IShIDga qarshi kurashni kengaytirish doirasida amalga oshirilgan.
Ma'lum qilinishicha, F-16 rusumidagi 4ta qiruvchi samolyot Raqqa shahrida harbiy harakatlar amalga oshirgan.
Qayd etilishicha, hujumdan maqsad boshqaruv va qo‘mondonlik obektlari hamda jangarilarning qurol saqlanuvchi omborxonalarini yo‘q qilish bo‘lgan.
Daniya 2014 yildan buyon AQSh boshchiligidagi koalitsiya a'zosi hisoblanadi. Bugungi hujum daniyaliklarning Suriya hududida ilk marta harbiy harakatlar amalga oshirishi bo‘ldi.