«Anhor-Lokomotiv» bog‘i 8-avgust kuni ochiladi

Jamiyat 12:50 / 05.08.2016 13294

Toshkent shahridagi yangi ko‘ngilochar va istirohat bog‘i «Anhor-Lokomotiv»ning ochilish marosimi 8-avgustda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda, bog‘ning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e'lon qilingan.

8 gektar maydonga ega bog‘ «Anhor» kanali bo‘yida, Shayxontohur tumanining Labzak va Zulfiyaxonim ko‘chalari oralig‘ida joylashgan. 

Uning hududida restoran, bir necha tamaddixona, musiqali va yoritqichli fontanlar, bolalar o‘yin maydonchalari, shuningdek, 320 kishiga mo‘ljallangan yozgi kinoteatr mavjud. 

Unda, shaharda yagona bo‘lgan alohida attraksionlar ham o‘rnatilgan. Uning yopiq hududida, shuningdek, MDH mamlakatlarida yagona bo‘lgan eng uzun kartodrom va o‘yinlar markazi ham barpo etilgan. 

Shu bilan birga, bog‘ mehmonlari O‘zbekistonning yettita diqqatga sazovor joylarining mitti maketlarini ham ko‘ra olishadi: Xivaning Kalta-minori, Samarqanddagi Sherdor madrasasi, Buxoradagi Minora-i Kalon, Andijonning Bobur yodgorlik majmuasi, Temuriylar muzeyi, Toshkent kurantlari va Toshkent TV minorasi. 

«Anhor» sohiliga uzunligi 40 metrlik yirik musiqali fontan qurilgan bo‘lib, u suvni 50 metr balandlikkacha purkay oladi.

Ko‘proq yangiliklar: