4 avgust kuni Angliyaning kurort shahri Braytonda kuzatish maydonchasiga ega dunyodagi eng baland minora bo‘lmish British Airways i360 ochildi. Birinchi sayyohlar ko‘rinishi uchar likopchani eslatuvchi, shishadan ishlangan va qulay, baland ustunga lift singari ko‘tarilib tushadigan maydonchaga qadam ranjida qilishdi.
Ustunning balandligi - 161 metr, eni esa - 4 metr. Minora shu ma'noda uzunligi va eni bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatgan.
Eng yuqori cho‘qqiga ko‘tarilganda La-Mansh bo‘g‘ozi hamda Sharqiy va G‘arbiy Sasseks grafligining 42 kilometrli maydoni manzarasini kuzatish mumkin. Yuqorida, shuningdek, Uayt orolining olis nuqtalari ham ko‘zga tashlanadi.
Attraktsion loyihachilari Marks Barfield Architects kompaniyasi hisoblanadi. Unga er-xotin Devid Marks va Juliyey Barfild rahbarlik qiladi.
British Airways i360 chiptasining narxi kattalar uchun 15 funt sterling (deyarli 20 dollar), keksalar va talabalar uchun 12,5 funt (16 dollardan oshiq) va 4 yoshdan yuqori bolalar uchun 7,5 funt (10 dollar atrofida). Undan kichik yoshdagilarga esa bepul.