Vashingtonda Markaziy Osiyo davlatlari TIV rahbarlarining Kerri bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston 09:36 / 04.08.2016 7553

3 avgust kuni Vashington shahrida O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Markaziy Osiyoning besh mamlakati va Amerika Qo‘shma Shtatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlarining S5+1 shaklidagi uchrashuvida ishtirok etdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev, Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Yerlan Idrisov, Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sirojidin Aslov, Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov hamda AQSh Davlat kotibi Jon Kerri iqtisodiyot, ekologiya va xavfsizlik sohalaridagi hamkorlikning istiqbollari yuzasidan fikr almashishdi.

S5+1 shakli doirasida Markaziy Osiyo bozoriga qiziqish bildirayotgan AQSh biznesi vakillari va xususiy investorlar ishtirokida tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Ko‘proq yangiliklar: