O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan kam uchraydigan kasalliklarni davolashda qo‘llanadigan 129 dorining ro‘yxati tasdiqlandi, deb ma'lum qilindi vazirlik matbuot xizmatida RIA “Novosti” axborot agentligiga.
"Dori vositalarining 129 ta xalqaro-patentlanmagan nomlaridan iborat ro‘yxatning tasdiqlanishi kelgusida orfan (kam uchraydigan) kasalliklarga ega aholi ehtiyojmand toifasining bu dori vositalari bilan ta'minlash masalasini hal qilishga imkon beradi", deyildi matbuot xizmatida.
Vazirlik vakilining aytishicha, 2016 yil boshida "Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida"gi qonunga kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun orfan dori vositalaridan foydalanishni belgilovchi me'yorlar kiritilgandi. Avvalroq bu me'yorlar qonunchilikda ko‘zda tutilmagan bo‘lgan.
"Bu kam uchraydigan kasalliklarni davolash tadbirlarini spetsifik dori vositalari bilan bajarish uchun ularni O‘zbekistonga import qilish imkoniyati paydo bo‘ldi", deb ma'lum qildi vazirlik vakili. Uning aytishicha, qonunga kiritilgan o‘zgarishlar qimmatbaho orfan dori vositalarining O‘zbekistonga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan holda olib kirilishini amalga oshirishga imkon berdi.
O‘zbekistonda 100 ming aholidan 10 nafardan kamrog‘ida uchraydigan kasalliklar kam uchraydigan kasalliklar hisoblanadi. Bu kasalliklar ro‘yxatida limfoid, qon yaratuvchi va ularga yaqin to‘qimalarning yomon sifatli o‘simtalari, gemofiliya, lepra, Vilson-Konavalov sindromi hamda tana a'zolari va to‘qimalarning transplantatsiyasidan keyingi holat kabilar bor.