London politsiyasi vakilining ma'lum qilishicha, London markazida odamlarga pichoq bilan hujum qilgan kimsa 19 yoshli o‘smir bo‘lgan. Taxmin qilinishicha, u ruhiy nosog‘lom bo‘lishi mumkin.
"Hujumni amalga oshirishda gumon qilingan 19 yoshli o‘smir hibsga olindi, u ayni vaqtda tergov izolyatorining shifoxonasida. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, uning ruhiy nosog‘lomligi jinoyatni amalga oshirishiga sabab bo‘lgan va tergov xulosa chiqarishda ushbu holatdan kelib chiqadi", deb aytdi politsiya vakili.
Hujum 3 avgust soat 22.30 larda Londonning markaziy qismidagi Blumsberi tumanida sodir etilgan. Hujum oqibatida bir ayol halok bo‘lgan, yana 5 kishi jarohat olgan.
Voqea joyiga politsiya bo‘limlari tortilgan. Ta'kidlanishicha, ular birinchi navbatda bu hududda yashovchi aholini tanchlantirish uchun jalb qilinganlar.