Italiya Liviyadagi harbiy amaliyotlarda foydalanishi uchun AQShga o‘z hududidan baza ajratmoqchi

Jahon 11:36 / 04.08.2016 3520

Italiya hukumati AQShning mamlakat hududida maxsus baza uchun joy ajratishi borasidagi so‘roviga ijobiy javob qaytardi. AQSh ushbu bazadan Liviyada joylashgan IShID jangarilariga aviazarba berish uchun foydalanadi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

«Hukumat italyan bazasi va havo kengliklaridan foydalanish borasidagi so‘rovga ijobiy javob berishga tayyor. Shuningdek, hozirgi harakatlar samarali natija bersa, operatsiyalarga qo‘shilishga ham tayyor», — dedi mamlakat mudofaa vaziri Roberta Pinotti.

U, shuningdek, Italiya hukumati ikki tomonlama muzokaralarga tayyor ekanligini bildirib o‘tgan.

 

Ko‘proq yangiliklar: