Xitoy Nepalda kommunistlar yetakchisi bosh vazir bo‘lganini xayrixohlik bilan qarshiladi

Jahon 10:44 / 04.08.2016 3447

Nepalga maochilar yetakchisi Pushpa Kamala Daxal bosh vazir bo‘lgani Xitoy bilan munosabatlarni qalinlashtirishi mumkin. Xitoy TIV Daxalani yangi lavozimi bilan qizg‘in tabriklagan.

"Biz kommunistik partiya yetakchisi Pushpa Kamal Daxal mamlakat bosh vaziri bo‘lgani haqida xabardormiz. Biz shu munosabat bilan Nepal xalqini muborakbod etamiz. Xitoy Nepal bilan turli sohalarda yangi loyihalar bo‘yicha kelishuvga erishish hamda o‘zaro hamkorlikning mustahkamlanishidan manfaatdor", — deyilgan XXR TIV rasmiy vakili Xua Chuninning bayonotida.

3 avgust kuni "Nepal kommunistik partiyasi" (maochilar markazi) rahbari Daxal parlamentdagi ovoz berishlar yakuniga ko‘ra g‘olib bo‘ldi. Uni 573 deputatdan 363 nafari qo‘llab-quvvatlagan. Bugun u qasamyod qabul qilib, o‘z partiyasi vakillaridan yangi hukumat shakllantirishi kutilmoqda.

Daxalning yana bir nomi Prachanda bo‘lib, u mamlakat hukumati tepasiga ikkinchi marta kelmoqda. 2008 yilda u mamlakatdagi fuqarolar urushidan keyin bosh vazirga aylangan va 1 yil muddatga shu lavozimda qolgandi.

Ko‘proq yangiliklar: