Farg‘onalik 116 yoshli Boydada

Jamiyat 09:37 / 04.08.2016 13514

Chimyon qishlog‘ining Qayilma ko‘chasida 5 nafar farzand, 30 dan ortiq nabira, 20 dan ortiq chevara-yu, evaralarning bobosi istiqomat qiladi. 

Otaxon ancha tetik, gap-so‘zlari joyida, o‘tmish voqealarni yaxshi eslaydi. U Usmon Yusupov nomli, Log‘on, Katta Farg‘ona kanallari qazilishida bevosita ishtirok etgan. Urush yillarida fidokorona mehnat qilib, front ortini mustahkamlashga hissa qo‘shgan. 

Butun umrini dalalarda o‘tkazgan, rizq-nasibasini yer bilan tillashib topgan tabarruk inson bilan suhbat qursangiz, u faqat shunday baxtli, dorilomon kunlarga yetkazganiga shukr qiladi. 

- Bolalarim! Mehnatdan aslo qochmanglar. Halollikda gap ko‘p. El-yurt oldida  ishlab obro‘ topinglar. Chunki, halol luqma yegan, xalq xizmatida bo‘lgan inson hech qachon xor bo‘lmaydi. Men ana shu tamoyillarga amal qilib yashadim, doimo yaxshi niyatda umid bilan kun kechirdim. Yurtboshimiz Islom Karimovning umrlari uzoq bo‘lsin. Chekka hududda yashashimga qaramasdan, o‘z e'tiborlarini menga qaratib o‘tgan yili Mustaqillik bayrami arafasida meni “Shuhrat” medali bilan taqdirladilar. Oddiy, keksa qishloq kishisiga bundan oriq baxt bo‘lishi mumkinmi?! – deydi otaxon.

Ko‘proq yangiliklar: