Avstraliyalik oila yashaydigan uyning orqa tomonida 8 metrli o‘ra topildi

Jamiyat 10:28 / 04.08.2016 15131

Avstraliyaning Ipsuich shahrida keksa juftlik yashaydigan uyning orqa tomonida 8 metrli suvga to‘la chuqurlik topildi. Bu haqida ABC ma'lum qildi.

Rey va Elin Makkey 2 avgust kuni ertalab qo‘shnilarining gapidan keyin hovlidagi o‘rani ko‘rishdi. Chuqurlikning diametri kattalashib, 8 metrga yetdi, chuqurligi esa - 6 metrni tashkil qildi. 

Hodisaning aniq sabablari hali o‘rganilmagan. Tadqiqotchilarning taxmin qilishicha, o‘ra kanalizatsiya tizimidagi nosozliklar natijasida paydo bo‘lgan. 

Keksa juftlik vaqtinchalik mehmonxonaga ko‘chirildi. Ularning farzandi Makkey ota-onasining ruhiy holatidan tashvishda, zero ularning avvalgi uyi 2011 yilda suv toshishi natijasida vayron bo‘lgan.

 

Ko‘proq yangiliklar: