2020 yilgi yozgi Olimpiada dasturi yana 5 ta sport turi bilan boyitildi

Sport 08:42 / 04.08.2016 8534

Tokioda bo‘lib o‘tadigan 2020 yilgi yozgi Olimpiada dasturiga rasman bir nechta sport turi kiritildi. 3 avgustda O‘yinlar dasturiga karate, serfing, beysbol/softbol, qoyaga ko‘tarilish va skeytbordingni kiritish qarori qabul qilindi. Qaror Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining 129-sessiyasi davomida qabul qilindi.

Ushbu sport turlarining Olimpiada dasturiga kiritilishi medallar to‘plamini yana 18 taga ko‘paytirishga imkon beradi. Ular uchun 474 nafar sportchi kurash olib borishi mumkin bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: