Tramp Klintonni Rossiyadan pul olganlikda aybladi

Jahon 10:12 / 03.08.2016 8071

Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod bo‘lmish Donald Tramp demokrat raqibi Hillari Klintonni AQSh Davlat kotibi sifatida ishlagan vaqtida Rossiyadan Moskva bilan munosabatlarni "iliqlashtirish"ni ta'minlash uchun pul olganlikda aybladi.

«Klintonning pullari» haqidagi hisobot u bu pullarni «yarashish» vaqtida Rossiyadan olgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi savolni o‘rtaga tashlaydi», — deb yozgan Tramp o‘zining Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Government Accountability Institute hisobotiga ishora qilgan holda.

Government Accountability Institute bundan oldinroq «From Russia with Money» nomli hisobotini e'lon qilgandi. Institut tadqiqotlari yakuniga ko‘ra, Hillari Klinton Rossiyaning «Skolkovo» nomli innovatsion markazi faoliyatini qo‘llab-quvvatlagandi.

U shuningdek Klintonni avvalgi lavozimida Barak Obama bilan birgalikda Yaqin Sharqdagi vaziyatni izdan chiqarib, Iroq, Liviya va Suriyani IShID qo‘liga topshirishda,  Bengazida diplomatlarning o‘limiga yo‘l qo‘yishda ayblagan.

Ko‘proq yangiliklar: