Tojikiston mobil operatorlari terrorizm tahdidlari tufayli, avval sotilgan barcha sim-kartalarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazishi kerak bo‘ladi. Bu haqda, mamlakat hukumati huzuridagi Aloqa xizmatining aloqalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi rahbari Jonibek Dadomatov ma'lum qilgan.
Aloqa xizmati ma'lumotlariga binoan, joriy yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, respublikada ro‘yxatga olingan mobil telefon raqamlari soni 10 mlnni tashkil etadi, shundan 4,9 millioni faol raqamlardir.
So‘nggi yillarda mobil aloqa operatorlari sim-kartalarining 70 foizdan ortig‘i biron hujjat taqdim etilmasdan tarqatilgan. Bundan tashqari, Tojikiston mobil operatorlarining sim-kartalari Afg‘oniston shimolida ham sotilgan.
Endilikda, hukumat qaroriga muvofiq, yangi sim-kartalar faqatgina pasport ko‘rsatilganda sotiladi, eski sim-kartalarni qayta ro‘yxatga olish bir yil davomida amalga oshiriladi.
Shu bilan birga, uning qayd etishicha, Davlat Aloqa xizmati Tojikiston mobil operatorlarining sim-kartalaridan Afg‘onistondagi terrorchi va ekstremist guruhlar foydalanishining oldini olish borasida zarur choralar ko‘rgan.