Toshkentda yirik dehqon bozori qurilishi boshlandi

O‘zbekiston 17:04 / 03.08.2016 18957

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi TTZ-2 massivida yangi dehqon bozori qurilishi boshlangan. Bu haqida tuman hokimi Shomansur Ahmedov ma'lum qilgan.

Loyihaga ko‘ra, yangi bozor 1 qavatli, usti yopilgan pavilon ko‘rinishida bo‘ladi. Unda 800ta savdo nuqtasi o‘rin olishi ko‘zda tutilgan.

Yangi bozor qurilishi bo‘yicha ishlar sobiq tramvay halqasi o‘rnida allaqachon boshlab yuborilgani aytilgan.

"Biz pudratchini belgilab oldik. Ayni vaqtda obekt hududida kotlovan (poydevor yotqizish uchun chuqur) qazilgan. O‘ylaymanki, yangi bozorning ochilishi keyingi yil Navro‘z bayramiga bo‘lib o‘tadi", deya hokimning so‘zlarini keltiradi Podrobno.uz.

Bozorda go‘sht, sut, meva-sabzavot va non mahsulotlari uchun alohida bo‘limlar bo‘ladi.

Hokimning ma'lum qilishicha, bozor qurilishiga 7 mlrd so‘m kredit mablag‘i ajratilgan.

Ko‘proq yangiliklar: