Toshkent lok-bo‘yoq zavodida yangi korxonalar va gipermarket barpo etiladi

O‘zbekiston 18:46 / 03.08.2016 8796

Toshkent lok-bo‘yoq zavodi hududida Akfa kompaniyasining plastik profillari, lok-bo‘yoq materiallari ishlab chiqarish quvvatlari va gipermarket qurilib, foydalanishga topshiriladi.

«Zavodning umumiy maydoni taxminan 20 gektar atrofida bo‘lib, shundan 2 gektari lok-bo‘yoq mahsulotlari ishlab chiqaruvchi zamonaviy zavod uchun ajratiladi. Bu yerda «Texnokolor» qo‘shma korxonasi tashkil etiladi. Qolgan qismida Akfa plastik rom va eshiklari tayyorlaydigan ishlab chiqarish korxonasi va gipermarket quriladi», – degan Boqiyev. Toshkent lok-bo‘yoq zavodining o‘zida uning faoliyatiga barham berish jarayoni ketmoqda, degan hokim o‘rinbosari. 

Belgilangan ishlar amalga oshirilgach, sobiq zavod hududida 1500 yangi ish o‘rni yaratiladi. Gipermarket esa, shu yilning noyabr-dekabr oylaridan aholiga xizmat ko‘rsata boshlaydi.

Ko‘proq yangiliklar: