Tish ipining samaradorligi isbotlanmadi. Bu haqida Associated Press ma'lum qildi.
2015 yilda Associated Press (AP) agentligi AQSh hukumatiga tish ipidan foydalanishning samaradorligini isbotlovchi dalillar taqdim etishni so‘rab murojaat qildi.
2016 yilda esa hukumat bunday tozalash usulini “Amerikaliklar uchun parhez ko‘rsatmalar” rasmiy ro‘yxatidan olib tashlab, tish ipining samaradorligi haqiqatda isbotlanmaganini tan olib, agentlikka xat yo‘lladi.
Amerika stomatologlari assotsiatsiyasining saytida bunday ipdan foydalanish tish kasalliklarining oldini olishida yordam berishi haqida ma'lumot berilgan. Biroq AP xodimlari bu ko‘rsatmalarning asossiz ekanligini aniqlashdi.
Shaxsiy tadqiqot doirasida agentlik so‘nggi yillarda o‘tkazilgan 25 tadqiqotni o‘rganib chiqdi va ularda keltirilgan dalillarni “zaif”, “past sifatli” yoki “ishonchsiz” deya baholadi.
Manbaga ko‘ra, tish iplarining ishlab chiqarilishi va sotuvi hajmi yiliga 2 milliard dollarni tashkil qiladi. Ushbu gigiyena vositasini ishlab chiqaruvchilar ham ularning foyda berishiga doir zarur dalil keltira olishmadi.