Taekvondo: O‘zbekistonlik sportchilar Angliyadagi jahon chempionatida 5ta mukofotni qo‘lga kiritishdi

Sport 21:10 / 03.08.2016 5958

Buyuk Britaniyada bo‘lib o‘tgan taekvondo bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston nomidan ishtirok etgan yosh sportchilar 3 avgust kuni Toshkentga mukofotlar bilan qaytib kelishdi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar berdi.

O‘zbekiston an'anaviy taekvondo federatsiyasi murabbiyi Shuhrat Xo‘jayevning ma'lum qilishicha, musobaqa o‘tkazilgan Brayton arenasida 7 nafar o‘zbekistonlik sportchi o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi. 

Qizlar orasida Yekaterina Mo‘minova sparringda oltin medalni qo‘lga kiritgan. O‘g‘il bolalar orasida Jahongir Rashidov ikkinchi o‘rinni egallagan. Sportchilar 50 kg vazn toifasi va 16–17 yosh kategoriyasida ishtirok etishgan.

Yana bir kumush medal sovrindori O‘tkir Ibodov 70 kilogramm vazn toifasida qatnashgan. Maxsus texnika va sparringda Maftunabonu Nuritdinova va Asadbek Ibrohim bronza mukofotlariga ega bo‘lishgan.

Jahon birinchiligida 45 mamlakatdan tashrif buyurgan 1000dan ortiq sportchi qatnashgan.

Ko‘proq yangiliklar: